Business Excellence Consulting

ООО «Business Excellence Consulting» - Farmasevtik mahsulotlarni rivojlantirish faoliyatini olib boradi

Biz o’z ishini sevadigan yosh va o’sib borayotgan kompaniyamiz. Biz loyihalarimiz bilan birgalikda professional ravishda o’sishga va rivojlanishga intilamiz. Biz juda do’stona, professional va quvnoq jamoani yig’dik, va biz uchun qiyin vazifalar o’zgacha qiziqish uyg’otadi!

Biz uchun imkonsiz narsa yo’q, imkonsiz narsaga erishish uchun biroz ko’proq vaqt kerak xalos!

Har bir loyiha biz uchun noyobdir, negaki har bir loyiha yoki mahsulot o’ziga xos xususiyatlarga ega, biz o’sishda davom etamiz va doimo ajoyib natijalarga erishishga harakat qilamiz!

Farmatsevtika biznesida 15 yildan ortiq tajribaga ega
Brendlarni muvaffaqiyatli rivojlantirish tarixi
Dunyoning etakchi farmatsevtika kompaniyalaridan biridagi yuqori ko’rsatkichlar
Kuchli va yuqori malakali “Orzudagi jamoa”

Bizning Orzudagi jamoa quyidagilarga intiladi:

  • A’lo natijaga
  • A’lo sifatga
  • A’lo samaradorlikka
  • A’lo taymingga

Biz:

  • Ishonchli
  • Natijaga yo’naltirilgan
  • Moslashuvchan
  • Kreativ

Xizmatlar

Regulatory Excellence
  • Yangi ro’yxatdan o’tkazish
  • Qayta ro’yxatdan o’tkazish
  • O’zgartirishlar kirgazish
Medical Excellence
  • Mahsulot taqdimotini tayyorlash
  • Uslubiy tavsiyalarni tayyorlash (Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan)
  • KOL tomonidan ilmiy maqola tayyorlash
Marketing Excellence
  • Samaradorlik tahlili
  • Bozor tahlili
  • Xaridorni tushunish
Distribution & Sales Excellence
  • Samaradorlik tahlili
  • Bashorat
  • Distributsiyani rivojlantirish
Data analytics & Insights Excellence
  • Original ma’lumotlar
  • Ma’lumotlar tahlili
  • Insights generation
Educational Excellence
  • Skills development – Medical Excellence
  • Skills development – Marketing Excellence
  • Skills development  – Sales Excellence
Patient Support Excellence
  • Bemorlarni qo’llab-quvvatlash dasturini ishlab chiqish
  • Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlash jarayoni
  • PSP-ni O’zbekistonning barcha mintaqalarida joriy etish
Sales Acceleration Excellence
  • Sotuvlar tahlili va bashorati
  • O’zbekistondagi 300 ta ulgurji savdolari bilan hamkorlik
  • 2400 ta dorixonalar bilan hamkorlik

Loyihalar

Biologische Heilmittel Heel GmbH
Batafsil Biologische Heilmittel Heel GmbH

Business Excellence Consulting – Biologische Heilmittel Heel GmbH kompaniyasining O’zbekistondagi rasmiy hamkori.

Heel – tabiat tomonidan yaratilgan sog’liq.

Dunyodagi eng yirik biologik komlex mahsulot ishlab chiqaruvchi Heel farmatsevtika kompaniyasi 1936 yilda Berlinda doktor Xans-Xaynrix Rekkeveg tomonidan tashkil etilgan.

Bilim va yangilikka intilish

Doktor Rekkeveg ijodiy va qiziquvchan mutafakkir edi. U nafaqat tabiiy ingredientlardan foydalangan holda yangi dorilarni ishlab chiqdi, balki kasalliklarni davolashda terapevtik yondashuvni ham yaratdi.

Tabiiy tibbiyot sohasida kashshoflardan biri sifatida Heel sog’liqni saqlash tizimining ajralmas qismiga aylanishini ta’minlash uchun doimiy ravishda ishlaydi. Ma’lumki, bizning tanamiz o’zini o’zi tartibga solishga qodir. Bundan tashqari, ba’zan u qo’llab-quvvatlashga muhtoj.

Heelning bioregulyatsion dori vositalari ko’p komponentli bo’lib, tabiiy ingredientlardan maxsus tanlangan faol moddalardan iborat.

Yuqori xalqaro sifat standartlariga muvofiq

Heel farmatsevtik mahsulotlari Germanyada tayorlangan sifat yorlig’i bilan uzviy bog’liqdir.

Heel ishlab chiqarish maydonchalari Germaniya, AQSh (FDA), Braziliya (ANVISA), Rossiya (GMP sertifikati) va boshqalarning nufuzli regulator organlari tomonidan sertifikatlangan.

Tabiiy tibbiyotni organishning yangi usullari

Doktor Rekkeveg uchun dori vositalari va davolash usullari, ularning ta’sir mexanizmlarini tushunishni istayotganini ko’rishning o’zi yetarli emas edi. Tabiiy tibbiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotlar Heel kompaniyasining ajralmas qismiga aylandi. Ushbu tadqiqot va mahsulotni ishlab chiqarishga innovatsion yondashuv tufayli Heel o’sishda va rivojlanishda davom etmoqda.

Heel dunyodagi laboratoriyalar va universitetlar bilan hamkorlik qiladi va turli xil tadqiqot platformalarini birlashtiradi.

Klinikadan oldingi va klinik tadqiqotlardagi obyektiv ilmiy dalillarga asoslanib, Heel tabiiy dorilarning ta’sir qilish mexanizmi haqidagi savolga yana javob berishga va kompaniyaning dori-darmonlariga dalil bazasini yaratishga intiladi.

Taraqqiyot va rivojlanish

Heel so’nggi yillarda doimiy va barqaror o’sishni namoyish etyapti, qisman tadqiqot, kadrlar va ishlab chiqarish texnologiyalariga uzoq muddatli sarmoyalar kiritilishi tufayli Heelning 2018 yildagi aylanmasi 200 million evroni tashkil etdi.

Heel dunyoda

Heel dori vositalari 50 mamlakatda mavjud.

Ishlab chiqarish

Heel odamlar va hayvonlarni davolash uchun turli xil dori vositalarini ishlab chiqaradi (1500 dan ortiq mahsulotlar). Ular barcha zamonaviy dozalash shakllarida mavjud (inyeksiya uchun eritmalar (ampulalar), tabletkalar, tomchilar, suppozitoriylar, surtmalar, gellar va spreylar).

Ushbu assortimentga eng yaxshi bestsellerlar kiradi: Traumeel S, Zeel T, Viburkol, Engistol va Nyureksan.

2018 yilda «Business Excellence Consulting» kompaniyasi «SIA Frankopharm Group» distribyutorlik kompaniyasi bilan birgalikda «Sandoz Pharmaceuticals» kompaniyasining O’zbekistondagi vakolatxonasi uchun savdo-marketing loyihasini amalga oshirdi.

Loyihaning maqsadi:

Sandoz Farmatsevtika mahsulotlari savdosini oshirish: Lineks, Ketonal, Persen.

Loyiha Toshkent, Toshkent viloyati, Samarqand, Samarqand viloyati, Buxoro, Qarshi, Farg’ona vodiysi, Urganch va Nukusda amalga oshirildi.

Natija:

Respublika bo’yicha 2700 dorixona qoplandi

Loyihaning 12 oy ichida upakovkalarda umumiy o’sish sur’ati + 32% ga oshti

Lineksning o’sishi + 131% ni tashkil etdi.

«Business Excellence Consulting» kompaniyasi «Worwag Pharma GmbH & Co.KG» vakolatxonasi bilan yaqin hamkorlikda loyihalarni amalga oshirmoqda (2015-2016):

  • DiaGamma loyihasi: ushbu hududda 2 turdagi diabet bilan kasallangan bemorlarni aniqlash
  • 2-toifa qandli diabet bilan kasallanganlar uchun diabet bo’yicha o’quv dasturlarini o’tkazilgan
  • «Gamma Club» – endokrinologlarning munozara klubini tashkil qilingan
  • Rossiya Federatsiyasi Sog’liqni saqlash vazirligi Mechnikov I.I. nomidagi tibbiyot universitetining endokrinologiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi, xalqaro ma’ruzachi Ivanov N.V. ishtirokida konferentsiya tashkil etilgan
  • Xalqaro va mahalliy konferentsiyalarda ishtirok etish

Shuningdek:

  • O’zbekiston va Qozog’istonda Worwag Pharma GmbH & Co.KG xodimlari uchun tibbiy o’quv dasturlari

Reklama materiallarini ishlab chiqish:

  • Metabolik sindromli bemorlar uchun ma’lumot varaqalari
  • 2-toifa diabet kasalligini davolash standartlari bo’yicha mutaxassislarga ma’lumot varaqalari

Metabolik sindrom va 2-toifa diabet bilan og’rigan bemorlar uchun to’g’ri ovqatlanish bo’yicha risolani Respublika ixtisoslashtirilgan Endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va O’zbekiston oshpazlar uyushmasi bilan birgalikda ishlab chiqish

 

Bizning kompaniya «DIAMED-pharma» (Rossiya) kompaniyasining O’zbekistondagi hamkori hisoblanadi. Biz dori vositalarini ro’yxatdan o’tkazish, normtiv hujjatlarga o’zgartirishlar kiritish va farmakonazoratni olib boramiz.
DIAMED-Pharma – zamonaviy Rossiyaning ko’p tarmoqli farmatsevtika kompaniyasi bo’lib, original dorilar, biologic aktiv qo’shimchalar va tibbiy buyumlarni ishlab chiqish, ro’yxatdan o’tkazish va targ’ib qilish, shuningdek, Rossiyaning etakchi farmatsevtika ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini MDH mamlakatlariga etkazib berish bilan shug’ullanadi.

           

Regulator masalalar bo’yicha qollab-quvvatlash

Kompaniya 2007 yilda tashkil etilgan bo’lib, bugungi kunda O’zbekiston farmatsevtika bozorining 21 foizdan ortiq bozor ulushi bilan yetakchi hisoblanadi. 14 yildan ortiq tarixda kompaniya 2007 yilda bitta yetkazib beruvchi bilan portfeldagi distribyutorlikdan 2021 yilda portfelida 400 dan ortiq yetkazib beruvchiga ega O‘zbekiston farmatsevtika bozoridagi eng yirik o‘yinchiga aylandi. Muvaffaqiyatning asosiy omili kompaniyaning jadal rivojlanishi esa dori vositalari yetkazib beruvchilar oldidagi barcha majburiyatlarini tizimli ravishda bajarishi va buning natijasida kompaniyaning bozordagi benuqson obro‘siga ega bo‘lishi, shuningdek, mijozlarimizga sifatli va o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishidir.

Kompaniyamiz “Meros Pharm” MChJ bilan hamkorlik qilib, O‘zbekiston bo’ylab distributsiya indeksini yaxshilaydi.

Sertifikatlar

Biz bilan boglaning